AI yechimlar
Paket: Pilot yechim- Vazifa va muvaffaqiyat mezonini aniqlash
- Ma’lumot namunalarini yig‘ish va tozalash
- Model tanlash va pilot yechim
- Ish hajmi
- Kelishilgan ish hajmi
- Taxminiy muddat
- 3–5 hafta
- Alohida xarajat
- AI API sarfi
Ko‘p takrorlanuvchi tahliliy ishi bor jamoalar uchun: arizalar, shartnomalar, hisobotlar, savdo ma’lumotlari. AI’dan foydalanmoqchi, lekin qayerdan boshlashni bilmaganlar uchun.
Shartnoma, hisob-faktura yoki arizadan kerakli maydonlarni ajratib olish.
Kelgan xatlar va arizalarni mavzu va muhimligi bo‘yicha taqsimlash.
Savdo va ombor ma’lumotlari bo‘yicha qisqa hisobot va prognoz.
Qaysi ishni AI bajarishini va natija qanday ko‘rsatkich bilan muvaffaqiyatli hisoblanishini kelishamiz.
Haqiqiy hujjat va murojaatlardan namunalar olib, ortiqcha va maxfiy ma’lumotni tozalaymiz.
Vazifaga mos modelni tanlab, namunalarda ishlaydigan pilot yechim quramiz.
Natijani mezon bilan solishtiramiz; muhim qarorlar xodim tasdig‘idan o‘tadi.
Pilot natija bersa, uni kundalik ishlatiladigan tizimingizga ulaymiz.
AI yechim — yangi vazifa uchun jarayon va modelni loyihalash. AI integratsiya esa tayyor AI imkoniyatini mavjud saytingiz, CRM yoki botingizga qo‘shish. Vazifa aniq bo‘lsa — integratsiya, aniqlanmagan bo‘lsa — yechimdan boshlang.
Qisqa javoblar — ish qanday boshlanishi, narx, muddat va keyingi yordam haqida.
Nima qilmoqchi ekaningizni yoki sizni nima qiynayotganini yozing — keyingi qadamni birga aniqlaymiz.