AI agentlar
Paket: Pilot agent- Bilim bazasi va ruxsat etilgan mavzularni yig‘ish
- Agent xulq-atvori va cheklovlari
- Sayt, Telegram yoki CRM bilan ulash
- Ish hajmi
- Kelishilgan ish hajmi
- Taxminiy muddat
- 2–4 hafta
- Alohida xarajat
- AI API sarfi
Bir xil savollar ko‘p keladigan biznes uchun: onlayn do‘kon, klinika, o‘quv markazi, xizmat ko‘rsatish. Operatorlar kechasi ishlamaydi, mijoz esa darhol javob kutadi.
Narx, yetkazish, ish vaqti va shartlar bo‘yicha savollarga bilim bazasidan.
Buyurtma holatini tekshirish, yozib qo‘yish, ariza ochish.
Agent bilmagan yoki nozik savolni suhbat tarixi bilan xodimga beradi.
Agent faqat tasdiqlangan narxlar, qoidalar va hujjatlar asosida javob beradi.
Agent qaysi savollarga javob berishi, qachon to‘xtashi va qachon xodimga o‘tkazishini belgilaymiz.
Agent mijozlar allaqachon yozadigan joyda ishlaydi: saytda, Telegramda yoki CRM ichida.
Agent buyurtma holatini tekshiradi, ariza ochadi yoki yozilish vaqtini band qiladi.
Haqiqiy suhbatlarni ko‘rib chiqib, xato javoblarni tuzatamiz va bazani to‘ldiramiz.
Oddiy bot tugmalar va oldindan yozilgan ssenariy bo‘yicha ishlaydi. AI agent erkin yozilgan savolni tushunadi va bilim bazasidan javob topadi. Ssenariy aniq bo‘lsa bot arzonroq; savollar xilma-xil bo‘lsa — agent.
Qisqa javoblar — ish qanday boshlanishi, narx, muddat va keyingi yordam haqida.
Nima qilmoqchi ekaningizni yoki sizni nima qiynayotganini yozing — keyingi qadamni birga aniqlaymiz.